Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektoriv.v.b. B.A.Tulaganov hamda universitet prorektorlari bilan birgalikda universitetning barcha fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 94

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektoriv.v.b. B.A.Tulaganov hamda universitet prorektorlari bilan birgalikda universitetning barcha fakultetida faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar bilan ochiq muloqot tarzidagi uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuv davomida rahbariyat tomonidan universitetdagi amalga oshirilgan ishlar va kelgusida turgan masalalar sanab o'tildi. Bundan tashqari berilgan imkoniyatlardan oqilona foydalangan holda, ilmiy salohiyatli mutaxassislar sonini ko'paytirish, hamda xalqaro grantlarga kadrlar tayyorlash va istiqboldagi rejalarni hamjihatlikda amalga oshirish mavzusiga ham alohida to‘xtalib o'tildi. Uchrashuv davomida universitetda faoliyat olib borayotgan professor-o'qituvchilar tomonidan bir qator takliflar va yangi loyihalar aytib o'tildi. Ochiq muloqot tarzida bo'lgan yig'ilishda barcha masalalar ko'rib chiqildi.