Toshkent arxitektura-qurilish universitetida professor-o'qituvchi va talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 89

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida professor-o'qituvchi va talabalar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvga Qurish va uy-joy xo'jaligi sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig'i Tulaganov Kozim Nosirovich hamda uzoq yillar universitet rektori lavozimida faoliyat yuritgan Asqarov Baxtiyor Asqarovich hamda Xakimov Ravshan Rashodovich mehmon sifatida ishtirok etishdi. Tadbirni universitet rektori v.v.b. B.Tulaganov kirish so'zi bilan ochib, uchrashuv faxriy mehmonlari bilan tanishtirdi. Uchrashuvda bugungi kunda qurilish industriyasida mavjud muammolar, yutuqlar, yangiliklar va istiqbolli rejalar to'g'risida aytib o'tildi. Tadbir so'ngida Kozim Tulaganovga universitet bilan hamkorligi, fan va ta'limni rivojlantirishga qo'shgan hissasi, ilmiy-pedagogik faoliyatida erishgan yutuqlari hamda universitetning xalqaro nufuzini oshirishdagi alohida xizmatlari uchun universitet kengashi qaroriga asosan "Faxriy professori" unvoni topshirildi.