Muhandislik sohalarida ilm va ta'limni rivojlantirish bo'yicha ustuvor vazifalar belgilab berildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 189

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  muhandislik-texnika yo‘nalishda kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish maqsadida  20 iyun kuni 10 ga yaqin texnika yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasa rahbarlari  bilan  uchrashdilar.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti  muhandislik-texnika yo‘nalishda kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalarini tashkil etish maqsadida  20 iyun kuni 10 ga yaqin texnika yo‘nalishidagi oliy taʼlim muassasa rahbarlari  bilan  uchrashdilar. Uchrashuvda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati ham faol ishtirok etib davlat  rahbari tomonidan belgilangan  bir qatori ustuvor vazifalarni bajarishga kirishdi.

Bugun  21-iyun kuni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Xitoy Tongji universiteti bilan memorandum imzolandi. Uchrashuvda prezidenti, professor Pen Chjen Vey boshchiligida, Tongji universiteti Xalqaro talabalar idorasi direktori Prof. Chen Yili, Tongji universiteti Oliy maktabi dekani professor Xi Huiwen va universitetning boshqa nufuzli vakillari hamda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti v.v.b. rektori B.A. Tulaganov va universitet prorektorlari ishtirok etdilar.

Memorandumda ikki tashkilot rahbarlari ishtirokida o‘zaro kelishuvlar asosida

- Talabalar almashinuvi

- Amaliyot almashinuvi

- Ilmiy maqolalar chop etish

- Tadqiqot ishlarini almashish masalalari muhokama qilinib, hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish belgilandi.