Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qurilishda texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti'' vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universitetida O'zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi vazirligi huzuridagi "Qurilishda texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti'' vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda universitet v.v.b. rektori B.A. Tulaganov, ilmiy-tadqiqot va innovatsiyalar prorektori A. Zaitov hamda "Qurilishda texnik me'yorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti''dan direktor I.Sh. Sodiqov, direktor o'rinbosari J.S.Saidov, Texnik me'yorlash boshqarmasi boshlig'i B.E. Dusatovlar qatnashdilar. Uchrashuvning asosiy maqsadi qurilish korxonalari bilan aloqalarni yana-da mustahkamlash, muhandislik, Seysmologik xavfsizlik, madaniy meros, va energetikaga oid bo'lgan dolzarb ilmiy-tadqiqot ishlarni moliyalashtirish va tatbiq etish hamda sohaga kerakli kadrlarni yetkazib berish. Yig'ilishda barcha yo'nalishdagi professor-o'qituvchilar faol ishtirok etib o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar. Bundan tashqari Ilmiy-tadqiqot ishlarni yanada rivojlantirish, xalqaro grantlar va ilmiy ishlarga moliyaviy hamkorlik takliflari berib o'tildi.