Toshkent arxitektura-qurilish universiteti va Toshkent viloyati hokimligi bilan hamkorlikda soha mutaxassislariga "Korrupsiya harakatlarning huquqiy oqibatlari" mavzusida davra suhbati o'tkazildi
Yig‘ilishda Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Korrupsiyaga
qarshi kurashish «Komplaens-nazorat»tizimini
boshqarish bo‘limi boshlig‘i M.Isakdjanov so‘zga chiqib
korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish va bu
illatga hukumat institutlari bilan birgalikdagi hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
kerakligini taʼkidladi.
Davlat xizmatchilari o‘z kasbiy faoliyatlarini amalga oshirish chog‘ida halollik, adolatlilik, xolislik va mavjud odob-axloq namunaviy qoidalariga muvofiq xizmat ko‘rsatishlari, bu o‘z navbatida fuqarolar ko‘z o‘ngida davlatning obro‘ eʼtibori oshishida muhim vosita ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.
Sodir etilgan korrupsiya huquqbuzarlik uchun jinoiy, maʼmuriy, intizomiy va moddiy javobgarlik turlari mavjud ekanligi haqida ham tushunchalar berildi.