Kumakov Jaxongir Xamzayevichning (PhD) dissertatsiyasi muhokamasiga taklif etamiz
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengash asosidagi bir martalik Ilmiy kengash yig‘ilishi 2024 yil 16 iyul kuni soat 10:00da o‘tkazilishi va uning kun tartibida quyidagi dissertatsiya muhokama etilishi belgilandi:
Talabgor Kumakov Jaxongir Xamzayevich 05.09.08 – “Qurilish texnologiyasi va qurilish jarayonlarini tashkil qilish” ixtisosligi bo‘yicha “Yer osti quvurlarining qurilish texnologiyasini inshootlar zilzilabardoshliligining to‘lqin nazariyasi asosida takomillashtirish” mavzusida tayyorlagan texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi muhokamasi.
Ilmiy rahbar: fiz.-mat.f.d., prof. K.S. Sultanov
Manzil: Yunusobod tumani, Yangishahar ko‘chasi 9-uy, 3-bino, 5-qavat, 514-xona.
Tel/faks: (55) 508-50-14, 508-03-12, e-mail: devon@taqu.edu.uz