Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori ishtirokida universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilliy uchrashuv bo'lib o'tdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 260

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori ishtirokida universitetga biriktirilgan mahalla yoshlari bilan manzilliy uchrashuv bo'lib o'tdi. "Yoshlar balansi'' asosida Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b B.Tulaganov Toshkent shahrida joylashgan "Axmad Yassaviy" MFYdagi biriktirilgan yoshlarni bandligini ta'minlash, ularni hayotda o'z o'rnini topishiga ko'maklashish hamda  ularni muammo va kamchiliklarini tizimli ravishda ijobiy hal etish maqsadida navbatdagi "Rektor va yoshlar uchrashuvi"ni o'tkazdi. Uchrashuv yakunida yoshlarning birinchi navbatda bandligini taʼminlash, hayotda o'z o'rnini topishi va bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha aniq manzilli ishlarni tashkil etishga qaratilgan vazifalar belgilab olindi. Bo'lib o'tgan uchrashuv davomida yoshlarning istak va takliflari hamda mahalla mas'ullari tomonidan bildirilgan tavsiyalar inobatga olindi va ularning muammo va kamchiliklarini ijobiy hal etildi.