Kamoliddin Behzod nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasini taʼsis etish to‘g‘risida” qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Badiiy akademiyasi Ekspert guruhi tomonidan joriy yilning 20-25 iyul kunlari soha bo‘yicha davlat oliy taʼlim muassasalarining jami 32 nafar talabgorlar yig‘ma jildlari hamda davlat stipendiyasini tayinlash haqidagi tavsiyanomalar ko‘rib chiqildi.
“Kamoliddin Behzod nomidagi Davlat stipendiyasi”ni
tayinlash bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovda Ekspert guruhining tegishli qarori
bilan 7 nafar iqtidorli va ijodkor talabalar tegishli tanlov yo‘nalishlari
bo‘yicha g‘olib deb topildi. Quvonarlisi, Toshkent arxitektura-qurilish
universiteti, Arxitektura fakultetining 3- kurs talabasi Xatamova Ozoda
Olimovna Dizayn (turlari bo‘yicha) tanlov yo‘nalishida g‘oliblikni qo‘lga
kiritdi.