Xitoy-O'zbek Shaxarsozlik qo'shma laboratoriyasi endilikda Toshkent arxitektura-qurilish universitetida

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 152

Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Texnik meʼyorlash va standartlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti, hamda Xitoyning qurilish sohasidagi yetakchi oliy taʼlim muassasasi Chongqing universiteti delegatsiyasi aʼzolari ishtirokida oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Memorandumning asosiy maqsadi:

    - Oʻzbekistonda yagona boʻlgan

    - Xitoy-Oʻzbek Shaharsozlik qoʻshma laboratoriyasini ishga tushirish.

    - Shaharsozlik sohasida kerakli kadrlar tayyorlash hamda yangi zamon talablariga mos keladigan yangi loyihalarni tatbiq etish

    - Ilmiy-amaliy oʻquv qoʻllanmalar almashish

    - Qisqa muddatli stajirovka faoliyatini yoʻlga qoʻyish

    - Tadqiqot laboratoriyalarini  Xitoy tajribalariga tayangan holda yanada rivojlantirish.

Eslatib oʻtamiz! Chongqing universiteti arxitektura, elektrotexnika, qurilish, metallurgiya muhandisligi, mashinasozlik va boshqaruv fanlari boʻyicha yuqori malakali kadrlar tayyorlaydi. Universitetda hozirda  50 000 nafar talaba tahsil oladi, shundan 20 000 nafari magistratura va doktorantura, 30 000 nafari esa bakalavriat talabalaridir.