2025-yil uchun oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim institutiga quyidagi ixtisosliklar bo'yicha qabul e'lon qiladi.
2025-yil uchun oliy o'quv yurtidan keyingi ta'lim
institutiga quyidagi ixtisosliklar bo'yicha qabul e'lon qiladi.
Tayanch Doktorantura (PhD) (ishlab chiqarishdan
ajralgan holda o'qish uchun)
01.02.03 - Gruntlar va tog’ jinslari mexanikasi
08.00.13 - Menejment
05.09.01 - Qurilish konstruksiyalari, bino va
inshootlar
11.00.07 - Geoinformatika
05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari
18.00.01 - Arxitektura nazariyasi va tarixi.
Arxitektura yodgorliklarini ta'mirlash va tiklash
05.09.08 - Qurilish texnologiyasi va qurilish
jarayonlarini tashkil qilish
18.00.02 – Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq
turar-joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar
arxitekturasi
08.00.03 - Sanoat iqtisodiyoti
Talabgorlar taqdim etadigan hujjatlar ro'yxati:
- ariza;
- qisqacha biografik ma'lumotnoma (ob'ektivka);
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda
tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- magistrlik yoki oliy ma'lumot to'g'risidagi
diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlarning tasdiqlangan
ro'yxati va ularning nusxalari;
- pasport nusxasi;
- 3x4 sm o'lchamdagi 2 ta fotosurat;
- til bilish to'g'risidagi sertifikat nusxasi;
- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti
stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar;
Tayanch doktoranturada o'qish uchun talabgorlar ixtisoslik bo'yicha kirish imtihonlarini topshiradilar.
Hujjatlar 2024 yilning 15-sentyabrdan 15-oktabr
kunigacha qabul qilinadi.
Kirish imtihonlari joriy yilning 1-25 noyabr kunlari
o'tkaziladi.
Eslatma! ️talabgorlar daraja.ilmiy.uz tizimida ro'yxatdan
o'tishlari lozim.
Manzil: 100100, Toshkent shahri, Yunusobod tumani,
Yangi shahar ko‘chasi, 9-uy.
TAQU Oliy ilm-fan maktabi. Elektron
pochta:oifm@taqu.uz.