Germaniyaning Veymar shahrida joylashgan "Bauhaus-Universitat Weimar" rahbariyati bilan Delegatsiya a'zolari uchrashdilar.
Universitet rektori Peter Bens Delegatsiya aʼzolarini iliq kutib oldi va universitetning ilmiy markazlar faoliyati bilan tanishtirdi. Professorlar ishtirokida Qurilish sifatini nazorat qilish, arxitektura va konstruktsiya, hamda bino va inshootlarning seysmik chidamliligi sohalaridagi qoʻshma tadqiqot masalalari bo'yicha davra suhbati bo’lib o’tdi. Professor, texnika fanlari doktori Lars Abrahamczyk, Professor Lammer hamda Professor Lammer qurilish nazorati bo’yicha Germaniya standartlari va normalari bilan tanishtirdi. Uchrashuv so’ngida delegatsiya aʼzolari seysmik laboratoriya faoliyati va seysmik akselerometr o’rnatilgan inshoot bilan tanishtirildilar, va faoliyati haqda batafsil maʼlumotga ega bo’ldilar.