Germaniyaning Myunhen shahrida joylashgan "Maurer SPS" kompaniyasi rahbariyati bilan O'zbekistondan borgan delegatsiya a'zolari uchrashdilar.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 151

"Maurer SPS"  kompaniyasi Germaniyaning yirik seysmik izolyatorlar va seysmik demferlar  ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan hisoblanadi. Uchrashuv boshida kompaniya faoliyati va ishlab chiqariladigan mahsulotlar  bilan korxona bosh mutaxassisi Oliver Benike  yaqindan  tanishtirib oʻtdi. Delegatsiya aʼzolari bilan kompaniya   bosh direktori  Holger Redecker suhbat davomida  "Maurer SPS" kompaniyasi  mahsulotlarini O'zbekistonga tatbiq etish va   kelajakda qoʻshma korxona ochishni yoʻlga qo'yish masallariga to'xtalib,  delegatsiya aʼzolari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirdi. Uchrashuv yakunida “Maurer SPS” kompaniyasi hamda Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti o'zaro hamkorlik aloqalari o'rnatilib  memorandum imzoladilar.