Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hisini shakllantirish

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 42

Toshkent Arxitektura Qurilish Universitetida  Muhandislik fakultetining 2-3-bosqich talabalari va fakultet tyutorlari  ishtirokida "Yoshlarda korrupsiyaga qarshi murosasizlik hisini shakllantirish" va  jinoyatchilikni oldini olish mavzusida  talabalarga ijtimoiy - maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish  boʻyicha uchrashuv oʻtkazildi.

Uchrashuv davomida  universitetdagi profilaktika inspektori  kapitani      A.Shodiyev  tomonidan talabalarga mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar asosan kelajak barkamol avlodni tarbiyalashga qaratilayotgan, qolaversa, yoshlarning ilm-maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy mezonini yuksaltirish, talaba-yoshlar oʻrtasida turli huquqbuzarlik , jinoyatchilikni oldini olish, ijtimoiy tarmoq va internet jahon axborot tizimidan toʻgʻri maqsadlarda foydalanish davlat siyosatining ustuvor vazifalaridan biri ekanligini taʼkidlab oʻtdi.

Shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M. Isakdjanov soʻzga chiqib universitet talabalari oʻrtasida korrupsion holatlarni oldini olish, korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, talabalarga oʻqish jarayonlarida korrupsion holatlarga duch kelganda xabar berish tartibi haqida tushuntirildi va ularni qiziqtirgan savollarga javob berildi.