Toshkentda birinchi O’zbekiston-Italiya ta’lim forumi o’tkaziladi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 41

23-27 sentabr kunlari universitetlar va tadqiqotlar vaziri Anna Mariya Bernini boshchiligidagi Italiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari delegatsiyasi amaliy tashrif bilan O’zbekistonda bo’ladi. Italiyaning Turin politexnika, Venetsiyaning Ka-Foskari, Bolonya, Piza, Bikokka Milan, Roma Tre, Tushsha va Siyena universitetlari kabi 20 dan ortiq yetakchi oliy o’quv yurtlari,  O’zbekiston tomonidan esa 46 ta yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektor va prorektorlari ishtirok etadigan forum bo'lib o'tdi. Forumda  Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori B.A.Tulaganov  Italyaning "Cagliari" universiteti Xalqaro ishlar bo’yicha prorektor Prof. Alessandra Karuchchi bilan hamkorlik memorandumini imzoladi. Memorandum kelishuvlariga asosan  ikki davlat universitetlari o’rtasida bir qator qo’shma ta’lim dasturlarini amalga oshirishga oid hamkorlik shartnomalari imzolandi. O’zbekiston-Italiya ta’limning asosiy maqsadi talabalar va professor-o’qituvchilar almashinuvi, pedagoglar malakasini oshirish, universitetlar aro hamkorlik, ilmiy tadqiqot loyihalarini qo’llab-quvvatlash   bo'lgan.