Toshkent arxitektura-qurilish universiteti xodimlariga “Axborot va kiberxavfsizlik” mavzusida seminar bo’lib o’tdi.
Seminarda “Tarmoqlarni boshqarish va axborot xavfsizligi” bo’limi mutaxassisi A.Rahmatov tomonidan axborot xavfsizligi nima, uni taʼminlash uchun qanday choralar ko’rilayotganligi to’g’risida atroflicha maʼlumot berildi. Unda Kibr tahdidlar turlari, fishing, virus dasturlari, ularning turlari va tahdidlari, veb saytlarning soxtalaridan ajratib olishda nimalarga eʼtibor berilishi kerakligi sanab o’tildi va xodimlarga tushuntirish ishlari olib borildi.