Toshkent arxitektura-qurilish universiteti korrupsiyaga qarshi kurashish bo'limi yoshlar o'rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz madaniyatni shakllantirish maqsadida pedagog xodimlari va talabalari o'rtasida keng qamrovli tushuntirish ishlarni olib bordi
Unda Toshkent davlat yuridik universiteti Jinoyat huquqi, kriminologiya
va korrupsiyaga qarshi kurashish kafedrasi professori, yuridik fanlari dotsenti
S.Niyazova va yuridik fanlari dotsenti
O.Toshev hamda Universitet Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat”
tizimini boshqarish boʻlimi boshligʻi M.Isakdjanov ishtirokida davra suhbati
oʻtkazildi.
Tadbir boshida professor S.Niyazova soʻzga chiqib, mamlakatimizda
korrupsiyaga qarshi kurashishda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar
haqida gapirar ekan, keyingi yillarda korrupsiyaning oldini olish va unga
qarshi kurashishning huquqiy va institutsional asoslari takomillashtirilib,
jamiyatda korrupsiya illatiga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirishga
qaratilgan tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani haqda soʻz yuritdi
Tadbir davomida O.Toshev
korrupsiya huquqbuzarlik uchun qonunchilikda belgilang jazolar toʻgʻrisida fikr
yuritib qoʻydagilarni bildirdi. Xususan, korrupsiya jinoyatlari 210-modda (Pora
olish), 211-modda. (Pora berish) va 212-modda (Pora olish-berishda vositachilik
qilish) bilan jazolanishi haqida gapirib oʻtildi.
Tadbir soʻngida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.