Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti 1, 2- bosqich talabalari hamda fakultet tyutorlari ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish va talabalarga ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish maqsadida “Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz’’ shiori ostida profilaktik tadbir o’tkazildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 43

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti  1, 2-bosqich talabalari hamda fakultet tyutorlari ishtirokida jinoyatchilikni oldini olish va talabalarga ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish  maqsadida "Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz" shiori ostida profilaktik tadbir o’tkazildi. Tadbirda   universitet profilaktika inspektori  kapitan  A.Shodiyev talabalarga giyohvandlik hozirgi kunda butun dunyo hamjamiyatini tashvishga solayotgan eng katta muammolardan biriligi, uning inson ruhiy va jismoniy  holatiga, organizmdagi organlar faoliyatiga ko'rsatadigan ta'siri hamda uning boshqa zararli oqibatlari haqida tushunchalar berib o'tdi.  Shuningdek guruh tyutorlar D. Islamxadjayeva va S. Nasirovalar tomonidan talabalar o'rtasida "Biz giyohvandlikka qarshimiz" mavzusida so'rovnoma o'tkazildi.