"RIVEZOR_UZB" Telegram kanaldagi maqola yuzasidan rasmiy munosabat
Joriy yil 2-oktyabr sanasida https://t.me/revizor_uzb Telegram
kanalida eʼlon qilingan xabarga javoban Toshkent arxitektura universiteti
axborot xizmati quyidagilar maʼlum qiladi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b. Tulaganov
Baxrom Abdukabilovich 2016-yilda tashkil etilgan “B-TEC” MChJning 100 foizlik
ulushiga egalik qiladi. Shuni taʼkidlash lozimki, “Qamchiqavtoyoʻl”
ixtisoslashtirilgan yoʻllardan foydalanish DM balansidagi avtotransport
vositalari KDM merkatorlarga kerakli boʻlgan rezina pichoqlar yetkazib berish
yuzasidan oʻtkazilgan tanlov bevosita Toshkent arxitektura-qurilish
universitetining faoliyatiga aloqasi mavjud emas. Yaʼni ushbu tanlov natijasida
manfaatlar toʻqnashuvi yuzaga kelmagan. Shuningdek, B. Tulaganov
Universitetning Strategik rivojlantirish boʻyicha birinchi prorektori
lavozimiga tayinlangandan soʻng “B-TEC” MChJning barcha lavozimlaridan
boʻshagan.
Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 17.04.2024 yildagi
PQ-161-son qarori boʻyicha belgilangan topshiriqlar ijrosini bajarish maqsadida
“INTRABAU” MChJ geotexnika vazifasini bajarish uchun ochilgan boʻlib, vazifalar
bajarilgandan soʻng MChJ oʻzi faoliyatini tugatadi.
Shu bilan birga, “SpinOff” korxonasi sifatida «Aqlli va barqaror
shaharlar markazi» MChJ esa 2023-yil sentabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 08.11.2022 yildagi PQ-416-son qarori bilan sobiq rektor E.Kahya
davrida ish boshlagan va bugungi kunda ushbu MChJni yopish yuzasidan tegishli
ariza kiritilgan.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti bugungi kunda Oʻzbekistoning
yetakchi universitetlar qatoriga kirganligi sababli oʻzining yangi “TAQU PRO”,
“TAQU LAB”, “TAQU AI” loyihalarini ham ilgʻor surmoqda
Universitetda bajarilayotgan ijobiy ishlarni va yutuqlari koʻra olmaydigan ayrim kimsalar ijtimoiy tarmoqlar orqali turli yolgʻon maʼlumotlar tarqatishlari mumkin. Eslatib oʻtamiz Oʻzbekiston Respublikasining qonunchiligida yolgʻon maʼlumot tarqatish yuzasidan jazo choralari belgilangan.
Universitetga tegishli boʻlgan ishonchli va aniq maʼlumotlarni faqatgina
universitetning rasmiy web sayti https://taqu.uz/ va telegram
https://t.me/taqu_official_uz kanalidan olishingiz mumkin