Bugun, barchamiz uchun eng aziz, eng qadrli bo’lgan bayramlardan biri ustoz va murabbiylar kunidir.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 21

Hurmatli ustozlar, aziz do’stlar Xalqimizda ilm o’rganmoq igna bilan quduq qazishga qiyoslanadi. Kezi kelsa, hayot va borliq mohiyati, sir-asrorlariga bo’ying barobar kitoblarni o’qib ham yetish mushkul. Biroq ilm o’rgatmoq zahmati undan-da mashaqqatlidir.  Ustoz bu ishga butun borlig’ini, mehrini  baxsh etadi. Hech kimga sir emas, bugungi kunda faqat yuksak bilimli,  zamonaviy, mustaqil fikrlaydigan, intellektual rivojlangan va amaliy kasb-hunarlarga ega boʻlgan yoshlargina buyuk kelajakni taʼminlashi mumkin. Ana shunday yetuk mutaxassis kadrni Siz tarbiyalab, voyaga yetkazasiz, Aziz ustozlar! Hurmatli professor-o’qituvchilar,  sizlarni Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rahbariyati  nomidan kasb bayramlaringiz bilan yana bir bor chin yurakdan tabriklab, barchangizga sihat-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik va kasbingizga ulkan zafarlar  tilayman!

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori v.v.b  B.A.Tulaganov