E'tibordasiz, e'tirofdasiz - aziz Ustozlar!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 21

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 1-oktyabr - O'qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet pedagog o'qituvchilari, xodimlari hamda faxriy professor-o'qituvchilar ishtirokida bayram tadbiri bo'lib o'tdi. Tadbirni universitet akademik faoliyat bo'yicha bo'yicha prorektori R. M. Xodjayev ustoz va murabbiylarni bugungi kasb bayramlari bilan tabriklab, kelajak egalariga ta'lim-tarbiya berish yo'lidagi faoliyatlariga ulkan muvaffaqiyatlar tilgan holda ochib berdi. El suygan taniqli san'atkorlar O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan artist Munojat Yo'lchiyeva, Zamira Suyunova, Erkin Ro'zmatov, Mo'minjon Sadriddinov, Muzaffar Abduazimov hamda O'zbekiston xalq artisti G'iyos Boltayevlar tomonidan  ko'plab kuy-qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir davomida universitet hamda Kasaba uyushmasi qo'mitasi tomonidan ko'p yillik samarali mehnati, kasbiga fidoiyligi va intellektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor bo'lgan xodimlarga faxriy yorliq hamda esdalik sovg'alari topshirildi.