Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan 24-umumta’lim maktabida “Ma’rifat ulashib’’ loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 16

Toshkent  arxitektura-qurilish universiteti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi tomonidan Toshkent viloyati Toshkent tumanida joylashgan 24-umumtaʼlim maktabida "Maʼrifat ulashib" loyihasi doirasida ijodiy uchrashuv tashkil qilindi. Unda O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi, "Shuhrat" medali sohibasi, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Munavvara Usmonova, universitet maʼnaviy-maʼrifiy boshqarmasi xodimlari G.Parpiyeva, D.Saloxiddinova, maktab direktori M.Toshpo’latovna uning jamoasi va faol o’quvchilar ishtirok etdilar. Ijodkor tomonidan  sara asarlardan o’qib bergan bo’lsa, o’quvchilar tomonidan ijro etilgan kuy-qo’shiqlar tadbirga joziba bag’ishladi. Tadbir so’ngida  "Eng yaxshi insho" tanlovida g’olib bo’lgan o’quvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.