E’tibordasiz - aziz Ustoz va murabbiylar!

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 76

E’tibordasiz - aziz Ustoz va murabbiylar!

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida  2024 yil 1- oktyabr kuni  “O'qituvchi va murabbiylar” kuni munosabati bilan universitet pedagog o'qituvchilari,  xodimlari, faxriy professor-o‘qituvchilari hamda Arxitektura va qurilish sohasida faxriylar kengashi ishtirokida bayram tadbiri bo'lib  o'tdi.

Mazkur bayram munosabati bilan Faxriylar kengashi nomidan avvalo, Siz aziz ustozlarni, yurtimizdagi ta’lim-tarbiya sohasi xodimlarini O'qituvchi va murabbiylar kuni umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etib, xalqimiz o‘zining arxitektura va qurilish sohasida bunyodkorlik salohiyati bilan bugungi kunda ushbu ulug‘ ayyomning mohiyati, muallim va ustozlarning jamiyatimiz  hayotidagi o‘rni va ahamiyati ayniqsa ortib bormoqda.

Azaldan bunyodkorlik shijoati va mehnatkashlik fazilati bilan dunyoga dong‘i ketgan o‘zbek xalqi ustoz-shogirdlik an’alariga sodiq bo‘lgan. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, buyuk ajdodlarimiz ham ustozlari izidan borib, ularning nasihatu maslahatlari bilan ulkan yutuqlarga erishib, kam bo‘lmagan. 

El-yurtimiz azaldan e’zozlab keladigan o‘qituvchi va murabbiylarning maqomini, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish – biz amalga oshirayotgan davlat siyosatining eng muhim, hal qiluvchi yo‘nalishiga aylangani ham shundan dalolat beradi. Zero, donishmandlar aytganlaridek, yosh avlodga ta’lim va tarbiya beradigan fidoyi muallimlarning sa’y-harakati bilan obod va farovon bo‘ladi.

Muhtaram Prezidentimiz boshchiliklarida Respublikamizda har yili yangi-yangi ta’lim maskanlari barpo etilib, ularning moddiy-texnik bazasi, kadrlar salohiyati mustahkamlanmoqda.

Ta’lim-tarbiya sohasiga berilayotgan ulkan e’tibor tufayli yoshlarimiz ilm, fan va texnika, madaniyat va san’at, sport sohalarida yuksak marralarni qo‘lga kiritayotgani barchamizni mamnun etmoqda.

Siz, muhtaram pedagoglar, professor-o‘qituvchilarimiz ta’lim sohasidagi islohotlarimizda yanada faol ishtirok etib, “Yangi O‘zbekiston – ma’rifiy jamiyat” degan olijanob g‘oyamizni amalga oshirishga munosib hissa qo‘shasiz. Hech shubhasiz, biz ta’lim va tarbiya tizimini yanada ravnaq toptirish, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalasiga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat beramiz va o‘qituvchilikni jamiyatimizda eng obro‘li kasblar qatoriga olib chiqamiz.

Aziz Muhtaram ustozlar! Mana shu shukuhli ayyomda Siz azizlarni yana bir bor chin dildan qutlab, barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt, ezgu va sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Hamisha sog‘-omon bo‘ling, qadrli va mehribon ustozlar! Yana bir bor  kasb bayramingiz bilan chin dildan Faxriylar Kengashi nomidan tabriklayman!

Xurmat bilan Faxriylar kengashi raisi Kozim Nosirovich Tulyaganov!