Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professorlari xalqaro konferensiyada.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 58

Xitoyning Xoxxot shahrida bo’lib o’tgan  Ichki Mo’g’uliston taʼlimni rivojlantirish xalqaro 2024 konferensiyasi bo'lib o'tdi. O’zbekiston, Xitoy, Ispaniya,  boshqa mamlakatlardan 200 dan ortiq ekspert, olim va vakillarini jamlangan konferensiyada O'zbekistondan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti professor Asadulla Hotamov va Umid Karimovlar ishtirok etdilar. Konferensiya “Bir kamar, bir yo’l” tashabbusi doirasida yuqori sifatli taʼlim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, O’zbekiston va Xitoy o’rtasidagi akademik va ilmiy aloqalarni mustahkamlash uchun qaratilgan. Konferentsiya davomida Umid Karimov xalqaro va Xitoy ta’lim muassasalari bilan bir nechta muhim yig'ilishlarda qatnashdi. Unda  xalqaro taʼlim sohasidagi hamkorlik bo’yicha fikr almashildi, fan va tadqiqot sohasida o’zaro rivojlanish yoʻllari o’rganildi. Shuningdek, Umid Karimov o'zining barqaror shahar rivojlanishi va qurilish muhandisligi bilan bog’liq asosiy masalalarga bag’ishlangan ilmiy nutqi bilan, ishtirokchilarda ijobiy fikrlar uyg’otdi va hamkorlikning yangi yo’llarini ochdi.