Toshkent arxitektura-qurilish universitetning barcha fakultetlari 1-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida "Ota-onalar kongressi" o’tkazildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 71

Toshkent arxitektura-qurilish universitetning barcha fakultetlari 1-bosqich talabalarining ota-onalari ishtirokida "Ota-onalar kongressi" o’tkazildi.

Kongressda:

Rektor maslahatchisi J.Inayatxo’jayev, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, Komplayns bo’limi boshlig’i M.Isakjanov barcha fakultet dekanlari, dekan muovinlari va guruh tyutorlari ishtirok etishdi. Uchrashuvni J.Inayatxo’jayev barcha ota-onalarni tabriklab, kirish so’zi bilan ochib berdi. Shundan so’ng ota-onalarga universitet Odob-axloq kodeksi, kredit modul tizimi va universitetda talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirish yuzasidan batafsil maʼlumotlar bilan tanishtirib o’tildi. Bundan tashqari nufuzli xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan aloqalar to’g’risida ham ma’lumot berib o’tildi.