Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha uchrashuv

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 28

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Korrupsiyaga qarshi   kurashish bo'yicha 2023-2024 yillardagi mo‘ljallangan Davlat dasturi”da belgilangan vazifalarni ijrosini taʼminlash maqsadida  tyutorlarni talaba-yoshlar orasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakillantirishda olib boriladigan ishlar yuzasidan universitet tyutorlari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda  Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini boshqarish bo'limi boshlig'i M.Isakdjanov, Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov hamda  rektor maslahatchisi N.Nishanbayevlar qatnashdilar.

Uchrashuv davomida Isakdjanov M. so'zga chiqib universitet tyutorlari talaba-yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish chora-tadbirlarini amalga oshirishlari lozimligi  aytib o'tildi.