Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Biz zo'ravonlikka qarshimiz" mavzusida targ'ibot uchrashuvi o'tkazildi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi N.Kurbanova, Qurilish materiallari va konstruksiyalari texnologiyasi dotsenti N.Babakulova, universitet psixologi M.Obidova, Yunusobod tumani IIO FMB 2-sonli IIB XPB XQMB katta inspektori kapitan D.Ubaydullayeva, R.Ernazarova, Yunusobod tumani IIO FMB 5-sonli IIB XPB XQMB katta inspektori kapitan E.Saparova, dekan muovinlari, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. So'zga chiqqan ma'ruzachilar zo'ravonliklarga qarshi birgalikda kurashish kerakligini alohida ta'kidlab, zo'ravonlik xotin-qizlarning jismoniy hamda psixologik zararga olib kelishi, xavfsiz hayotdan mahrum qilishi, inson qadr-qimmatini yerga urishi hamda ongiga ta'siri haqida batafsil ma'lumotlar berdi.