Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "O'zbek tili va adabiyoti" kafedrasi va O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Qatag'on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda "Jadidlar milliy o'zlik, istiqlol va davlatchilik g'oyalari" mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir o'tkazildi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 94

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida “Ozbek tili va adabiyoti” kafedrasi va Ozbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi  Qatagon qurbonlari xotirasi davlat muzeyi  bilan hamkorlikda  "Jadidlar milliy ozlik, istiqlol va davlatchilik goyalari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir otkazildi. Tadbirda muzey katta ilmiy xodimi (PhD) M. A. Darmonova, Toshkent Perfekt universiteti dotsenti T.A.Ametov va “O’zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri N. A. Aripova hamda kafedra professor-o’qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi. Maʼruzachilar tadbir ishtirokchilariga o’z davrida dunyoning ilg’or davlatlaridan ko’p jihatdan ortda qolgan Turkiston xalqlarini bo’lajak fojialilardan ogoh etish, jamiyat hayotini inqilobiy – zo’rlik yo’li bilan emas, balki tadrijiy maʼrifiy yo’l bilan ijobiy tomonga o’zgartirish, jadidchilik harakatining asosiy maqsad  ekanligini tarixiy dalillar asosida  tushuntirib o’tdi. Mahmudxo’ja BehbudiyMunavvar Qori Abdurashidxonov, Abdurauf Fitrat, Abdulxamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon, Abdulla Qodiriy, Abdulla  Avloniy kabi maʼrifatparvarlar hayoti va ijodi haqida talaba-yoshlarga tushuntirib o’tildi.