2024-yil 12-13-oktabr kunlari O'zbekistonda ''Maker Faire Tashkent'' festivali o'tkazilishi rejalashtirilmoqda.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 28

2024-yil 12-13-oktabr kunlari O’zbekistonda “Maker Faire Tashkent” festivali o'tkazilishi rejalashtirilmoqda. Mazkur festival ijodkorlik, innovatsiyalar va amaliy ta’limga bag‘ishlangan bo‘lib, u turli individual qatnashchilar va guruhlar, xususan, ta’lim muassasalariga STEM yo‘nalishida o‘z loyihalari va ishlanmalarini taqdim etish imkoniyatini beradi. O‘zbekistonda xorijiy tillar va “STEM” fanlarini o‘qitish tizimini takomillashtirish maqsadlaridan kelib chiqqan holda, ushbu tadbir o‘tkazilishi yuzasidan Vazirlikning eʼtirozi yo'qligini ma’lum qilamiz. Festevalda ishtirok etish uchun https://tashkent.makerfaire.com orqali ro'yhatdan o'tishingiz mumkin.