Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori, Professor Ercan Kahya institut jamoasi bilan tanishdi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 205

Toshkent arxitektura-qurilish institutiga yangi rektor tayinlangani haqida xabar bergan edik. Eslatib o'tamiz 21.08.2021 dagi 535-sonli hukumat qaroriga ko’ra shu paytgacha Istanbul texnika universiteti professori sifatida faoliyat yuritib kelayotgan Ercan Kahya Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori etib tayinlandi va shu munosabat bilan institut jamosi bilan tanishtiruv tadbiri tashkil etildi. Tadbirda O'zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi vaziri Botir Zokirov ishtirok etdi. Men hech qachon men deb gapirmayman har doim biz deb gapiraman. Sizday ajoyib jamoa bilan ishni yaxshi olib boramiz va ko'zlagan maqsadimizga etamiz. Albatta bu oson bo'lmaydi lekin biz buni uddalaymiz dedi, Toshkent arxitektura-qurilish instituti rektori Ercan Kahya.