Oliy ta'lim muassasalari talabalari o'rtasida o'tkaziladigan "Ommaviy diktant" aksiyasi bo'yicha yo'riqnoma

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 1117


Diktant tilbilig.uz platformasida oʻtkaziladi. Platformadan roʻyxatdan oʻtish tartibi boʻyicha yoʻriqnoma mavjud.

Platformada ro‘yxatdan o‘tish uchun, eng avvalo, kompyuterlingiz yoki mobil qurilmangizdan ixtiyoriy brauzer oynasini ochib ochasiz va uning qidiruv bo‘limiga lotin alifbosida kichik harflarda platformaning manzili yozasiz: www.tilbilig.uz

Shundan so‘ng, platformaning asosiy oynasi ochiladi.

Asosiy oynaning o‘ng tomon yuqori burchagida ro‘yxatdan o‘tish va kirish tugmasi mavjud. Shulardan ro‘yxatdan o‘tish tugmasini bosasiz.

Ushbu bo‘limda shaxsiy telefon raqamingiz hamda ixtiyoriy yashirin belgilar kiritish uchun bo‘sh o‘rinlar mavjud. Demak, avval, shaxsiy telefon raqamingizni kiritasiz. Endi esa o‘zingiz istagan parol kiritiladi.

Parol yaratishda uning tarkibida raqamlar, katta va kichik harflar aralashuvidan iborat kamida 8 ta belgi bo‘lishi shart!

Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganda Sizda kirish oynasi ochiladi.

Kirish tugamasini bosasiz, ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsiy telefon raqamingiz va o‘zingiz yaratgan parolni kiritasiz.

Tabriklaymiz! Tilbilig.uz platformasida sizning shaxsiy sahifangiz yaratildi.

Endi siz istalgan paytda o‘zingiz yaratgan parol bilan platformaga kirishingiz va audiodiktantlar yoki “Ommaviy diktant” aksiyalarida qatnashish orqali savodxonligingizni sinovdan o‘tkazishingiz mumkin.

Ommaviy diktantda har bir OTMdan 25-30 nafar talabaning qatnashishi tavsiya qilinadi. 16-oktabr kuni soat 10:30da Zoom oʻtkaziladigan xonada talabalar diktantga tayyor holda oʻtiradi. Katta ekranga  www.tilbilig.uz platformasi ochilsa, “ommaviy diktant” sahifasidagi audio diktant qoʻyib beriladi, talablar maxsus blankaga diktant yozadilar.

Yozilgan diktantlar skaner qilinib yoki rasmga olinib, platformaga yuklanadi.

Savollar uchun: 99 7282900, 93 3344491  

Diktant blankasini yuklab oling YUKLAB OLISH