Toshkent arxitektura-qurilish universitetida Germaniyaning Orionika kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 25

Unda bino va inshootlarning zilzilaga chidamliligini o'rganishga bag'ishlangan ilmiy va o'quv laboratoriyasini tashkil etish sohasidagi hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Uchrashuv davomida tomonlar seysmik faol hududlarda qurilish obyektlari xavfsizligi darajasini oshirish muhimligini ta'kidladilar. Universitet mutaxassislari ushbu sohadagi ilmiy ishlanmalari va tadqiqotlarini taqdim etdilar. Orionika vakillari esa konstruksiyalarning seysmik mustahkamligini yaxshilashga qaratilgan zamonaviy texnologiyalar va usullarni joriy etish tajribasi bilan o'rtoqlashdilar.