Toshkent Arxitektura-qurilish universitetida Rektor va doktorantlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuvda universitet rektori v.v.b B.A.Tulaganov hamda universitet rahbariyati doktorantlar bilan ochiq muloqot o’tkazildi. So’zboshini rektor korrupsiyaga qarshi birga kurashish haqda bejizga boshlamadi, sababi bugungi kunda korrupsiyaning salbiy oqibatlari bir umrga taʼsir qilishi mumkinligi haqda ogohlantirib, universitetdagi korrupsiyaga qarshi kurashish bo’limi bilan tanishtirib o’tdi. Uchrashuv davomida doktorantlar bilan yangi loyihalar ilmiy maqolalar hamda yangiliklar haqda muloqot o’tkazildi. Doktorantlar duch kelayotgan muammolarga qanday yechimlar borligi va bajarilishi kerak bo’lgan ishlar yuzasidan o’zaro suhbat bo’lib o’tdi. Doktorantlar o’zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.