Toshkent arxitektura-qurilish universitetda Rahbar va yoshlar uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Tadbirda Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov kirish qismini ochib berdi. Uchrashuvda Yunusobod tumani Favqulodda Vaziyatlar vazirligining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boyicha mayor F.Sharipov hamda profilaktika va nazorat bo’linmasi katta inspektori B.Butunboyev ishtirok etdilar. Unda universitetdagi talaba-yoshlarga favqulodda holat yuzasidan qo’llanilishi kerak bo’lgan ishlar va yong’in xavfsizlik qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.