Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 68

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 2024 yil 15-16 oktyabr kunlari “Mahalliy xom ashyolar asosida innovatsion qurilish materiallarini ishlab chiqarish” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya to’g’ridan-to’g’ri ofline va masofaviy online rejimda ZOOM shakldagi video-muloqot platformasida bo’lib o’tdi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ochilishida O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan fan arbobi, texnika fanlari doktori, professor E.U.Qosimov, O’zbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy xo’jaligi vazirligi huzuridagi "Shaharsozlik hujjatlari ekspertizasi" davlat unitar korxonasi Bosh direktor o’rinbosari E.B.Iskandarov, “O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi raisi maslahatchisi, Axborot xizmati rahbari J.K.Shermetov, Qurilish va uy-joy kommunal xo’jaligi vazirligi Texnik me’yorlash va standartlashtirish ilmiy tadqiqot instituti direktor o‘rinbosari A.A.Abduholiqov, Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti “Qurilish materiallari, qurilish va arxitektura” ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi mudiri, Konchilik fanlari milliy akademiyasining akademigi, t.f.d., prof. B.K.Sarsenbaev, Toshkent kimyoviy texnologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktor orinbosari t.f.d., prof. M.U.Karimov, Akkermann cement “Ohangaronsement” AJ Savdo bo’limi Texnik qo’llab-quvvatlash xizmati boshlig’i I.M.Mamatov, “KNAUF GIPS BUXORO” OAJ Xorijiy korxonaning mahsulotini boshqarish bo‘limi boshlig’i A.Kungursev, Drezden texnologiyalar universiteti (Germaniya), Qurilish materiallari instituti direktori, professor, doktor V.Meщerin, yetuk olimlar, professor-o’qituvchilar, doktorantlar va talabalar qatnashdilar.

Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya ma’ruzachilari tomonidan qurilish materiallari sanoatida ishlab chiqarish korxonalari tomonidan aholini sifatli qurilish materillari bilan ta’minlash, tarmoq korxonalarini modernizatsiyalash orqali, import hajmini kamaytirib, eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini kengaytirish, ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish orqali yangi ish o’rinlarini yaratish, pirovardida ichki bozorda qurilish materiallari narxining oshib ketishining oldini olish va ularni arzonlashtirish soha rivojida muhim omil bo’layotgani ta’kidlandi. Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada issiq-quruq sharoitda zararli muhit ta’siriga chidamli yuqori mustahkam va samarali qurilish materiallarini yaratish hamda yangi uslublarni ishlab chiqish; issiq-quruq sharoitda zamonaviy pardozbop, resurs tejamkor, umrboqiy qurilish materiallarini yaratish va texnologiyalarni takomillashtirish; innovatsion qo‘shilmalar (polimer, nanozarrachalar) asosida yuqori samarali va zilzilabardoshlikni oshiruvchi qurilish materiallarini yaratish; innovatsion qurilish materiallarini yaratishda atrof-muhit va ekologiya talablari hamda mehnat xavfsizligini ta’minlash yo’nalishlari bo’yicha mavjud muammolar va ularning yechimlari to’g’risida muhokamalar olib borildi hamda tegishli qarorlar qabul qilindi.