Toshkent Arxitektura qurilish universiteti Qurilish fakultetining 1 kurs talabalari bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida uchrashuv bo'lib o'tdi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 54

Tadbirda "Komplayens nazorat"  tizimini boshqarish bo'lim boshlig'i Isakdjanov M.  va  fakultet dekani Abdullayev A. ishtirok etdilar. Uchrashuvdan asosiy maqsad talabalarda korrupsiyaga qarshi immunitetni oshirish, universitetni korrupsiyadan holi hududga aylantirishdan iborat. Suhbat davomida talabalarga  murojaat qilish zarur boʻlgan hollarda universitetning  Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens nazorat» tizimini boshqarish bo’limiga shaxsan yoki bot orqali anonim murojaat etishlari mumkinligi aytib oʻtildi. Tadbir so’ngida talabalarni qiziqtirgan mavzular muhokama qilinib,savollarga javoblar berib o’tildi.