Toshkent arxitektura-qurilish universitetining faollar zalida "Ogohlik-davr talabi" mavzusida talabalar o'rtasida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Tadbirni Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar prorektori S.Mardov, Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB XPB profilaktika katta inspektori kapitan A.Shodiyev, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boshqarmasi boshlig'i N.Kurbanova hamda Qurilish fakulteti dekan muovini U.Madaminov tomonidan olib borildi. Suhbat davomida giyohvandlik inson organizmini butunlay ishdan chiqarib uning ma'naviy, ruhiy dunyosiga jiddiy putur yetkazishi haqida so'z bordi va tadbir yakunida talabalarga mavzu yuzasida videorolik namoyish etildi.