Bugun Toshkent arxitektura-qurilish universitetida 21-oktyabr O'zbek tili bayrami munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 79

Unda universitet rektori B.Tulaganov so'zga chiqib barchani O’zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi bilan tabriklab, Xalqning Vatani, davlati kabi yana bir buyuk, ehtimolki, birlamchi boyligi bor. Bu-uning tili. Aynan til odamlar guruhini bir millat sifatida biriktiradi, xalqni-xalq, millatni-millat qiladi. Hozirgi kunda mamlakatimizda chet tillarini oʻrganishga zarur shart-sharoitlar yaratilishi bilan birga o’z ona tilini chuqur bilish masalasiga ham alohida eʼtibor qaratilayotganligi, urf-odatlarni ham alohida hurmat qilinib kelinmoqdaligi to’g’risida to’xtalib o’tdi. Shu bilan birga O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan madaniyat xodimi Muhtarama Ulug’ova, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ahmedov Muhammad Umar, O’zbekiston va Qoraqolpog’istonda xizmat ko’rsatgan artist Hojiakbar Komilov hamda Teatr, kino va dublyaj aktyori Ahror Alijonov ishtirok etib, talaba-yoshlarga meros bo’lib kelayotgan o’zbek tilining tarixi va boy madaniyati to’g’risida taʼkidlab o’tdilar. Tadbir  "O’zbek tili va adabiyoti" kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tashkil etilib, talabalar ijro etilgan sahna ko’rinishlari, sheʼr va g’azallar hamda kuy qo’shiqlar barchani xushnud etdi.