Toshkent arxitekura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti tyutorlari va talabalari tomonidan O'zbek tili millat g'ururi shiori ostida Abdulla Qodiriy uy muzeyida "Buyuk allomalari yodga olib" deb nomlangan kichik tadbir o'tkazildi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakulteti tyutorlari va talabalari tomonidan O’zbek tili millat g’ururi shiori ostida Abdulla Qodiriy uy muzeyida "Buyuk allomalarni yodga olib" deb nomlangan kichik tadbir o’tkazildi.Ma’lumki, til – millat ruhi, merosi, madaniy va ma’naviy boyligi, davlat timsoli, xalq madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir. Til millatni millat qilguvchi vosita bo‘lib, u millatning ko’zgusidir. Zero, tilda millat qiyofasi, ma’naviyati aks etadi. Ma’rifatparvar bobomiz Abdulla Avloniyning ta’kidlaganidek: “Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo’qotmak – millatning ruhini yo’qotmakdur”. Tadbir davomida Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi hamda o’zbek adabiyotiga qoʻshgan hissasi to’g’risida ko’plab maʼlumotga ega boʻldilar. Talabalar tomonidan tayyorlangan adibning eng sara asari boʻlmish "O'tkan kunlar" dan ham sahna ko'rinishi ijro etildi.