Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni qo'llab-quvvatlash uchun joriy etilgan Saudiya Arabiston va YUNESKO tashkilotining YUNESKO/Al Fozan xalqaro mukofoti uchun tanlov e'lon qilingan.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 74

Ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika (STEM) sohasida faoliyat olib borayotgan yosh olim va olimalarni qo’llab-quvvatlash uchun joriy etilgan Saudiya Arabistoni va YUNESKO tashkilotining YUNESKO/Al Fozan xalqaro mukofoti uchun tanlov e’lon qilingan. Ushbu xalqaro mukofot har ikki yilda bir marotaba e’lon qilinib, besh mintaqadan tanlab olingan 5 nafar olim va olimalarga taqdim etiladi. Mukofot miqdori 50,000 AQSH dollarini tashkil etadi. Mazkur mukofotga tavsiya etilgan nomzodlar xalqaro hay’at tavsiyasi asosida YUNESKO Bosh direktori tomonidan tanlab olinadi. YUNESKO/Al Fozan mukofoti bilan bog’liq bo‘lgan batafsil ma’lumot bilan quyidagi veb-sahifa orqali tanishish mumkin: https://www.unesco.org/en/prizes/al-fozan Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan nomzodlar quyida keltirilgan havola orqali ro’yxatdan o‘tishlari hamda ariza varaqalarini ingliz yoki fransuz tillarida to’ldirishlari kerak: https://apply.unescoalfozanprize.org/login

Hujjat topshirish muddati: 2024-yil 14-sentyabrdan 2025-yil 15-aprel kunigacha.