Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 185-umumta'lim maktabi bilan uslubiy ko'mak berish bo'yicha hamkorlikda ijodiy uchrashuv tashkil etildi.
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan 185-umumtaʼlim maktabi bilan uslubiy ko'mak berish bo'yicha hamkorlikda ijodiy uchrashuv tashkil etildi. Unda Yoshlar masalalari maʼnaviy-maʼrifiy ishlar prorektori S.Mardov, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boshqarmasi boshlig'i N.Kurbanova hamda jurnalist, O’zbekiston yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Ozoda Bekmurodova, maktab direktori N.Gaziyeva va uning jamoasi hamda faol o’quvchilar ishtirok etdi. Tashrif buyurganlar maktabning kirish qismiga, o'quvchilar tomonidan yasalgan qo'l mehnati ishlari ko'rgazmasini ko'rib, iqtidorli o'quvchilar ko'p ekanligidan xursand bo'lishdi. Suhbat jarayonida adibning ijodga kirib kelishida ustozlarining o'rni beqiyosligi haqida aytib o'tdi va o'quvchilarni qiziqtirgan savollariga javob berdi. Samimiy suhbat davomida mehmonlar va maktab rahbariyati hamkorlik uchun universitet jamoasiga minnatdorlik bildirdi. O’z navbatida bu kabi uchrashuvlar yoshlar hayotida unutilmas bo’lib qolishi, ma’naviy-ma’rifiy jihatdan barkamol bo'lib voyaga yetishiga xizmat qilishini ta’kidlashdi.