Otajonov Olmosbek Asqarali o'g'lining texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori PhD dissertatsiyasi himoyasi haqida e'lon
Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya
mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Texnogen chiqindilar asosida resurs tejamkor devorbop
kulbeton buyumlarning optimal tarkibi, xossalari va ishlab chiqarish
texnologiyasini tadqiq qilish”, 05.09.05 – “Qurilish
materiallari va buyumlari” ixtisosligi bo‘yicha.
Dissertatsiya
mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/T2959.
Ilmiy
rahbar: Sattorov Zafar Muradovich, texnika fanlari nomzodi, professor.
Dissertatsiya
bajarilgan muassasa nomi: “Farg‘ona politexnika instituti”.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan
muassasa nomi, IK raqami: Toshkent arxitektura-qurilish universiteti, DSc.26/30.12.2019.T.11.01.
Rasmiy opponentlar:
Baxodirov Azizbek Abdulazizovich,
texnika fanlari doktori, professor; Axmedov Sulton Ilyasovich, texnika fanlari
nomzodi, dotsent.
Yetakchi
tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti
Dissertatsiya
yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.
Tadqiqotning maqsadi:
issiqlik elektr stansiyasi kuli asosida tayyorlanadigan gazkulbetonning optimal
tarkibini ishlab chiqish, kimyoviy qo‘shimchalar bilan modifikatsiyalash,
xossalarini o‘rganish va ishlab chiqarish texnologiyasini tadqiq qilishdan
iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
sement 50%, mayinlik darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan kul 50% va sement
massasiga nisbatan 1,2% polikarboksilat efirlari asosidagi “SDj-1”
superplastifikatori qo‘shib mustahkamligi yuqori, issiqlik o‘tkazuvchanligi
past bo‘lgan gazkulbeton tarkibi ishlab chiqilgan;
sement, kul va superplastifikator massasi bog‘liqligiga ko‘ra gazkulbetonning
mustahkamlik ko‘rsatgichlari o‘zgarishini aniqlashda tarkibni optimallashtirish
matematik modeli takomillashtirilgan;
“SDj-1” superplastifikatori bilan modifikatsiya qilingan gazkulbeton
qorishmasining suv talabchanligi kamaytirilgan, ko‘pchish va qotish jarayonlarida
mustahkam struktura shakllanishida polikarboksilat efirlarining sementning C3S,
C2S, C3A va C4AF minerallariga ijobiy ta’sir
qilish mexanizmi aniqlangan;
gazkulbeton ishlab chiqarishda mayinlik darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan
faol kuldan foydalanib, qotish jarayonini polikarboksilat efirlari asosidagi “SDj-1”
superplastifikatori bilan tezlashtirilgan, ishlab chiqarish samaradorligi
oshirilgan energiya tejamkor sharli tegirmonsiz texnologiyasi ishlab chiqilgan.
IV.
Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Issiqlik elektr stansiyasi kuli asosidagi “SDj-1” superplastifikator qo‘shib
modifikatsiyalangan gazkulbeton tarkiblarini loyihalash va xossalarini aniqlash
bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“SDj-1” superplastifikatori bilan modifikatsiya qilingan tarkibli gazkulbeton
ishlab chiqarish samaradorligi oshirilgan va energiya tejamkor texnologiyasi
asosida tashqi to‘siq konstruksiyalar uchun gazkulbeton buyumlari ishlab
chiqarish “New building-bricks” MChJda amaliyotga joriy qilingan
(“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil 22-apreldagi
02/15-867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada D500, D600 va D800 markadagi
gazkulbeton qorishmasining suvga talabchanligi 15-20 % kamaytirishga
erishilgan.
Polikarboksilat efirlarining ta’sir qilish mexanizmi asosida
modifikatsiya qilingan yangi tarkibli gazkulbeton ishlab chiqarish
texnologiyasi asosida ichki to‘siq konstruksiyalari uchun gazkulbeton buyumlari
ishlab chiqarish “Zilha temir beton mahsulotlari” sho‘ba korxonasida amaliyotga
joriy qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining 2024-yil
22-apreldagi 02/15-867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada D500, D600 va D800
markadagi gazkulbeton qorishmasida mustahkamlikni saqlagan holda
sement sarfi 10-15% kamaytirishga erishilgan.
Yangi tarkibli, modifikatsiyalangan gazkulbeton olishda energiya tejamkor
usul sifatida sharli tegirmonsiz texnologiya ishlab chiqilgan, ushbu
texnologiya asosida gazkulbeton ishlab chiqarish “Zilha temir beton
mahsulotlari” sho‘ba korxonasi va “New building-bricks” MChJda amaliyotga joriy
qilingan (“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasining
2024-yil 22-apreldagi 02/15-867-sonli ma’lumotnomasi). Natijada mayinlik
darajasi 0,15 mm gacha bo‘lgan faol kuldan foydalanib D500, D600 va D800
markadagi gazkulbetonlarni kam sement sarflab olish imkonini bergan.
Dissertatsiya himoyasi Toshkent arxitektura-qurilish universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.26/30.12.2019.T.11.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024-yil 7-noyabr soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi. (Manzil: 100194, Toshkent sh., Yunusobod tumani, Yangi shahar, 9-uy, 4-bino, 5-qavat, Kovorking markazi. Tel.: (99855) 508 02 95; faks: (99855) 508 50 06, e-mail: devon@taqu.edu.uz).