"Besh tashabbus olimpiadasi'' sport musobaqasi.

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 41

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida universitet bosqichida saralab olingan talabalar shahar bosqichida ishtirok etishlarini e'lon qilamiz.

Sport musobaqalari quyidagi manzillarda bo'lib o'tadi:

"Yengil atletika" 1, 2-noyabr kunlari soat 10:00da Toshkent tibbiyot akademiyasida bo'lib o'tadi;

"Stol tennis" 4, 6-noyabr kunlari soat 10:00da Toshkent davlat transport universitetida bo'lib o'tadi;

"Stritbol" (qizlar) 7-noyabr, (o'smirlar) 8-noyabr kunlari soat 10:00da Toshkent davlat yuridik universitetida bo'lib o'tadi;

"Mini-futbol" 11, 16-noyabr kunlari soat 10:00da  Toshkent axborot texnologiyalari universitetida bo'lib o'tadi;

"Voleybol" (qizlar) 18, 20-noyabr, (o'smirlar) 21, 23-noyabr  kunlari soat 10:00da Toshkent arxitektura-qurilish universitetida bo'lib o'tadi.

Ishtirokchi talabalar sport formasida bo'lishi talab etiladi hamda musobaqa talabnomasi tasdiqlangan shaklda va talabalik guvohnomasi bilan ishtirok etishi so'raladi.

Murojaat uchun: Sport klubi raisi S.Abduxoliqov va G'.Ibragimovich.

Barcha ishtirokchilar faol bo'lishlarini so'rab, ularga omad tilaymiz!