Pokiston Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ma'lumotiga ko'ra, Lahor universiteti tomonidan O'zbekistonlik talabalar uchun turli darajadagi dasturlar bo'yicha 5 o'rinli stipendiyalar ajratilgan.
Pokiston Islom Respublikasining Toshkentdagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, Lahor universiteti tomonidan O'zbekistonlik talabalar uchun turli darajadagi dasturlar bo’yicha 5 o’rinli stipendiyalar ajratilgan. Ma’lumot uchun: Lahor universiteti 1999-yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda universitetda 11 ta fakultet, 40 ta kafedra mavjud. Ushbu universitetda tibbiyot, muhandislik-texnologiya, arxitektura va san’at, fan va ijtimoiy fanlar va boshqa shu kabi ta’limning muhim yo’nalishlari mavjud. Mazkur stipendiyalar to’g’risidagi batafsil ma’lumot bilan quyida keltirilgan havola orqali tanishish mumkin: https://uol.edu.pk