Talabalarimiz uchun navbatdagi imkoniyatlar

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 319

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash, jumladan Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti talabalarini bilim va malakalarini oshirish, ularni xalqaro darajadagi kasbiy sertifikatlarni olishi, shuningdek kelajakda munosib ish o‘rniga ega bo‘lishi maqsadida “INVESCO ASIA” MCHJ tomonidan ”Fasad ishlari” bo‘yicha o‘quv kurslari joriy etildi. 3 oy davom etadigan mazkur kurs yakunlari bo‘yicha tinglovchilarga sertifikatlar topshiriladi hamda muvaffaqiyatli bitiruvchilar ish bilan taʼminlanadi. Bugun bo`lib o`tgan kurslarning ochilishi marosimida sohada katta tajribaga ega ko‘plab xalqaro ekspertlar, olimlar, qurilish firmalari va soxa xodimlari ishtirok etishdi. 

Ochilish marosimini Toshkent Arxitektura-qurilish universiteti rektori Ercan Kahya ochib berdi va nutq so`zladi. U eng avvalo mamlakatimizda yoshlarga yaratib berilayotgan sharoitlar, imkoniyatlarning kengligini mamnuniyat bilan bildirib, ularning kelajakda munosib kasb sohibi bo`lishi, xalqaro darajada bilim va malakalarini oshirish imkoniyatlari yaratilganini tilga oldi. Xalqaro darajada o`z o`rniga ega bo'lgan “INVESCO ASIA” MCHJ vakillarining universitet bilan yaqindan hamkorlik qilayotgani, talabalarning imkoniyatlarini oshirishda faollik ko`rsatayotgani uchun minnatdorchilik bildirdi.
 

Shuningdek, “INVESCO ASIA” MCHJ kurs boshlanishi munosabati bilan 10 dan ortiq zamonaviy kompyuterlar, televizor va o`quv jarayonida foydalanadigan anjomlarni Toshkent Arxitektura-qurilish universitetiga beg`araz taqdim etdi.