"Biz- sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz''

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 39

Toshkent arxitektura-qurilish universitetida "Biz sog'lom turmush tarzi tarafdorimiz" mavzusida targ'ibot tadbiri bo'lib o'tdi. Unda O'zbekiston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazining vrach epidemiolog S.Obidova, Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boshqarmasi boshlig'i N.Kurbanova, fakultet dekan muovinlari, universitet professor-o'qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Tadbirdan maqsad universitet talaba-yoshlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, OIV/ OITS kasalligining yuqish yo'llari, patogenezi, epidemiologiyasi, kasallikning klinik belgilari va profilaktikasini oldini olishga qaratilgan. Shuningdek universitet hovlisida bepul tibbiy ko'rik tashkillashtirildi.