Atrof- muhit muhofazasi oyligi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 52

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti tyutorlari boshchiligida "Atrof- muhit muhofazasi oyligi" munosabati bilan talabalarni sog'lom turmush tarzi madaniyatini shakllantirish maqsadida tabiat qo'ynida ochiq muloqot soati o'tkazdilar.

Unda Qurilish fakulteti tyutori G.Yernazarova, Arxitektura fakulteti tyutorlari D.Islomxadjayeva, S.Nasirova hamda talaba yoshlar ishtirok etdilar.

Ma'rifat soatida atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiatga oqilona munosabatda bo‘lish, flora va fauna olamini asrab-avaylash, keng miqyosdagi ekologik inqirozga yo‘l qo‘ymaslik insoniyat oldidagi dolzarb vazifalarga aylanganligi haqida ko’plab ma’lumotlar berildi.

Talabalar atrof-muhit muhofazasiga doir nizomlar, qonunlar ishlab chiqilganligi bo'yicha 2 ta guruhga bo'linib bilimlar bellashuvi o'tkazildilar.