Huquqbuzarlik va jinoyatchilikni oldini olish
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Menejment
fakulteti,”Xorijiy tillar” kafedrasi professor-o’qituvchilari hamkorligida talaba-yoshlar o'rtasida, “Huquqbuzarlik va
Jinoyatchilikni oldini olish” hamda
Xotin-qizlarga nisbatan “Biz zoʻravonlikka qarshimiz” mavzusida profilaktik
tadbir bo'lib o'tdi.
Tadbir Yunusobod tumani IIO FMB 4-sonli IIB XPB
profilaktika katta inspektori mayor A.Shodiyev, 4-sonli XPB Xotin-qizlar
masalalari bo’yicha inspektor katta letinant R.Ernazarova hamda Menejment
fakulteti dekan muovini U.Inoyatov tomonidan olib borildi.
Ushbu targ'ibot tadbirini o'tkazishdan asosiy maqsad
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni
qo‘llab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirishdan iborat.
Shuningdek, tadbir davomida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zo‘ravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni xaq-xuquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar tahlili, shuningdek, gender tenglik, ayollar va erkaklar o‘rtasida teng xuquqlar va imkoniyatlar, xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish, gender zo‘ravonlikni oldini olish to‘g‘risida xabardorlikni oshirish to‘g‘risidagi ma'lumotlar berib o‘tildi.
Ochiq va samimiy muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olish imkoniga ega bo‘ld