Toshkent arxitektura-qurilish universitetida PR-menejer jamotchilik lavozimiga vakansiya e'loni

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 381

Toshkent arxitektura-qurilish universiteti jamoatchilik bilan aloqalar (PR) bo‘yicha menejer lavozimiga professor-o‘qituvchilar orasida tanlov e’lon qiladi. Agar siz universitetimizning ijobiy imidjini yaratish, uning ommaga tanilishini ta’minlash va uning mashhurligini oshirishda ishtirok etmoqchi bo‘lsangiz, jamoamizga qo‘shilishingiz uchun taklif qilamiz!

Asosiy vazifalar:

•Arxitektura va qurilish sohasida universitetni yetakchi ta’lim va ilmiy markaz sifatida ommalashtirish bo‘yicha PR-strategiyalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;

•Matbuot kotib bilan birgalikda jamoatchilik va kasbiy jamoatlar bilan munosabatlarni, ko‘rgazmalar va boshqa voqealarni yoritish;

•Universitet yutuqlari, tadqiqotlar va yangiliklar haqida matbuot xabarlari va maqolalar tayyorlash;

•Matbuot kotib bilan birgalikda universitetning ijtimoiy tarmoqlarini yuritish, dolzarb kontent yaratish va auditoriya ishtirokini oshirish;

•Universitetning tanlovlarda, ko‘rgazmalarda va kasbiy forumlarda qatnashishini muvofiqlashtirish.

Nomzodlar uchun talablar:

•Oliy ma’lumot;

•PR sohasida ish tajribasi xush ko‘riladi;

•Arxitektura-qurilish yoki ilmiy-ta’lim sohasida PR faoliyatining xususiyatlarini tushunish;

•Aloqa o‘rnatish ko‘nikmalari, kreativlik va tashabbuskorlik;

•Zamonaviy targ‘ibot vositalarini bilish, ijtimoiy tarmoqlarda ishlash ko‘nikmalari.

Biz taklif etamiz:

•Asosiy ish haqi oyligiga qo‘shimcha ustama;

•Kasbiy o‘sish va muhim loyihalarda ishtirok etish imkoniyati;

•Yaxshi jamoa va ijodiy g‘oyalarni amalga oshirish imkoniyati.

Rezyumelaringizni va hamroh xatlaringizni @Munisa95 telegram manziliga yuborasiz