Turkiya safari har tomonlama samarali bo'ldi

  • Korporativ Aloqalar Bo'limi
  • 439

    Toshkent arxitektura-qurilish universiteti rektori Ercan Kahya boshchiligida bir guruh professor-o‘qituvchilar va universitet rahbariyati Turkiyaning Istanbul shahridagi nufuzli oliy o‘quv yurtlarida stajirovka o‘tab qaytishdi. Xorijiy safar davomida Istanbul texnika universiteti, Yildiz texnika universiteti, Mimar Sinan nomidagi Go‘zal sanʼatlar universitetida arxitektura-qurilish sohasida kadrlar tayyorlash tizimi tajribasi va taʼlim dasturlari asosida o‘qitish yo‘llari, ilg‘or xorijiy tajribaga asoslangan Texnoparkda texnologik va innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirilgan loyihalarni yaratish hamda amaliyotga joriy etish holatini  o‘rganildi. Eng yaxshi universitetlarning xalqaro reytingida yuqori pog‘onalarda qayd etilgan oliy o‘quv yurtlaridagi o‘rganishlar professor o‘qituvchilarimiz uchun har tomonlama qiziqarli va foydali bo‘ldi. Ular safar davomida bir nechta yo‘nalishda qimmatli maʼlumotlarga ega bo‘lishdi. Yaqin kelajakda Istanbul texnika universiteti, Yildiz texnika universiteti va  Mimar Sinan Tasviriy san‘at universiteti bilan Toshkent arxitektura-qurilish universiteti o‘rtasida kadrlar tayyorlash tizimi va ta‘lim dasturlari asosida o‘qitish yo‘llari, texnologik va innovatsion g‘oyalarga yo‘naltirilgan o‘zaro hamkorlik aloqalarini rivojlantirish rejalashtirildi.

TAQU