"O'zbekiston arxitektura va shaharsozligi: kecha, bugun va erta" deb nomlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi
Toshkent arxitektura-qurilish universiteti Arxitektura fakultetida 8-9- noyabr kunlari "O'zbekiston arxitektura va shaharsozligi: kecha, bugun va erta" deb nomlangan Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo'lib o'tdi.
Unda kirish so'zini Toshkent arxitektura-qurilish universiteti v.v.b. rektori B.A. Tulaganov ochib berdilar. Online va ofline shakldagi konferensiyada 10 dan ortiq professorlar o'zlarining ilmiy ishlari bilan so'zga chiqdilar.